Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Avto oltmish oy” MChJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan 2019 yil 12 oktyabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 1-qismi (Pul mablagʼlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan qoʼzgʼatilgan jinoyat ishi boʼyicha, joriy yilning 06 may kuni ayblanuvchilar J.B., O.M., E.Q., M.X.,larga nisbatan JKning 179-modda (Soxta tadbirkorlik), 1881-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (Pul mablagʼlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat), 184-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy toʼlovlarni toʼlashdan boʼyin tovlash), 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (Firibgarlik) va 243-moddalari (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan, M.G.,ga nisbatan esa JKning 179-modda, 1881-moddasi 3-qismi “a,v” band, 184-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari, 243-modda, 167-moddasi, 2-qismi “a, v, g” bandlari ( Oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-moddasi 3-qismlari bilan avvalgi ayblov toʼldirilib, shu kuni dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.
Jinoyat ishi boʼyicha “AVTO OLTMISH OY” MChJ bosh ofisdan olingan buxgalteriya hujjatlaridagi maʼlumotlar boʼyicha 19.344 dan ortiq shaxslardan shartnomalar tuzganligi aniqlangan va ushbu shartnomalar jinoyat ishiga qoʼshilgan.
Tergov harakatlari davomida jami yetkazilgan modiy zarar 47,7 mlrd. soʼm ekanligi aniqlanib, shundan 36,8 mlrd. soʼm undirilgan.
Hozirda jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish choralari koʼrilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti