Telefon(71) 233-65-34Du–Sha, 9:00–18:00
Kabinet

Video

Tergov departamenti va hududiy boshqarmalar faoliyatiga oid videomateriallar.

Barcha videolar 442

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Azizbek Habibullayev Zomin tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Muloqotda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy masalalarni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Elbek Soliyevning hazorasplik yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi va ekspert-kriminalistika markazi hamda quyi boʻlinmalar tomonidan oʻtgan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari, podpolkovnik A. Xabibullayev rahbarligida o'tgan yigʻilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari, tergov koʻrsatkichlari tahlil qilindi.

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Zohidjon Qayumov raisligida Boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda quyi bo‘linmalarining 2024-yil 12 oylik ish yakunlariga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi

Xorazm viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan o‘quv-seminari o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Muzaffar Rahmatullayevning qabuli o‘tkazildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 16 iyun kunida “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi 848-sonli Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 21 noyabrdagi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 774-sonli qarorining mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazish yuzasidan o‘quv-amaliy seminari o‘tqazildi

Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va galdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan “Axborot tizimidan foydalanib sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlarini oldini olish, mazkur turdagi jinoyatlarni tergov qilishda isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar: muammo va yechimlar“ mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi

Respublika ishchi guruhi masʼullari tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston tumani Yoshlar markazida Guliston shahri, Boyovut va Guliston tumanlari aholisi uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Axborot texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularga qarshi kurashish, muammo va yechimlar” mavzuyida oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan axborot-texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni oldini olish, fosh etish, tergov qilish metodikasi va viktimologik profilaktikasini muhokama etish maqsadida sud, prokuratura hamda boshqa tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan turli jinoiy qilmishlarning usullari, xususan firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlarining turlari va ularni fosh etish uslublari” mavzusida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi