Telefon(71) 233-65-34Du–Sha, 9:00–18:00
Kabinet

Tergov departamenti va uning quyi bo’linmalarida navbatdagi o’quv-seminar mashg’uloti o’tkazildi

Yangiliklar6 ta surat
1 / 6

2019 yil 10 avgust kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik D.B.Tashxodjaev tomonidan tasdiqlangan o‘quv-seminari rejasiga asosan joriy yilning 24 avgust kuni Qashqadaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ulligida “Innovatsion virtual tergov poligoni” imkoniyatlari, mazkur dasturiy ta’minotning surishtiruvchi, tergovchi, ekspert-kriminalist va boshqa soha xodimlari malakasini oshirishdagi roli” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tizimida o‘tkazilgan mazkur seminarda Tergov departamenti va uning quyi tergov bo‘linmalari, viloyat IIB ekspert-kriminalistika bo‘limi hodimlari, jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi sudyasi G‘.Salomov, viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i S.Nazarov, advokat D.Toshpulatovlar ishtirok etishdi.

Mashg‘ulot davomida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “Innovatsion virtual tergov poligoni” haqida tayyorlangan ma’ruza bilan birga mavzu doirasidagi slaydlar namoyish etilib, “VR OSULUS rift” uskunasining ishchi holati prezentatsiya qilindi.

Shundan so‘ng, seminarga taklif etilgan mehmonlar mavzuga doir o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi hamda seminar savol-javob shaklida davom ettirilib, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, uni qayd etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning echimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘tkazilayotgan o‘quv-seminar mashg‘ulotlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xodimlarning bilim saviyasi va tergov sifatini oshirish hamda yagona tergov amaliyotini tatbiq etishdan iboratdir.

Hozirda reja asosida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti