Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18-mart kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Ilhom Fayzullayev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolardan jami 16 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 12 tasi joyida ijobiy hal etildi. 2 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish talab etilgan 2 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respubikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti