Mazkur “Zulmga yo‘q deymiz” haykali 1980 yilda shved rassomi Karl Fredrik Reytersvord tomonidan britaniyalik musiqachi Jon Lennonning o‘ldirilishi xotirasiga atab yaratilgan. Lyuksemburg hukumati haykalni sotib olib, uni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohiga hadya qilgan. Lekin Lyuksemburgning o‘zi ham haykalsiz qolmagan: Kirshberg rayonida ham xuddi shunday yodgorlik mavjud.
Aytgancha, dunyoda bu haykalning o‘ttizga yaqin nusxalari bor.