Telefon(71) 233-65-34Du–Sha, 9:00–18:00
Kabinet

Ижтимоий тармоқларда "ОИЛАНГ БИЛАН ЙЎҚ ҚИЛАМАН ДЕЙИШДИ! ПРЕЗИДЕНТ ЁРДАМ БЕРИНГ” номи остида тарқалган видеомурожаат юзасидан

Yangiliklar

Videomurojaatda Razzoqov Shohboz Uktam o‘g‘li akasi B.O. vafot etganligi holati bo‘yicha Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida, unga va ukasi Razzoqov Ziyodulla Uktamovichlarga nisbatan ruhiy tazyiq o‘tkazilganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan aniqlanishicha: 2020 yilning 18 avgust kuni soat 08:53 da Urgut tuman “Xo‘jabaland” mahallasida yashovchi fuqaro B.O. (Razzoqov Shohbozning akasi), Urgut tumani tibbiyot birlashmasiga “qorin bo‘shlig‘i yopiq shikasti, posttravmatik shok 1-daraja” tan jarohatlari bilan murojaat qilgan, biroq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishiga qaramay, B.O., 19.08.2020 yilda shifoxonada vafot etgan.

 

Tibbiyot muassasasidan olingan maʼlumotga ko‘ra, B.O.,da qorin bo‘shliq aʼzolari yopiq jarohati, o‘n ikki barmoq ichagi qorin parda orti travmatik yirtilishi va qorin parda orti sohasi gematomasi kabi jarohatlar aniqlangan.

 

Tuman tibbiyot birlashmasining xabariga asosan Urgut tumani IIO FMB HPB TP profilaktika inspektori ushbu holat bo‘yicha B.O.,ning turmush o‘rtog‘i S.I.(ayol) va ukasi R.Sh., hamda otasi O‘.O.,lardan tushuntirish xati olganda, ular B.O., ni 18.08.2020 yilda kechasi mast holda uyga kelib, zinapoyaga yiqilib tan jarohati olganligini, B.O.,ga nisbatan hech kim tan jarohati yetkazmaganligini, hech kimga daʼvolari yo‘qligini bildirganlar. (mazkur holat dalolatnoma tarzida rasmiylashtirilib, B.O.,ning turmush o‘rtog‘i va ota-onasi hamda ukalaridan tilxat hamda tushuntirish xatlari olingan).

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, hodisa kuni marhum B.O., uyga spirtli ichimlik taʼsirida mast holatda kelganligi sababli ukalari va otasi bilan o‘zaro janjallashib urishganligini, so‘ng uni arqon bilan bog‘lab qo‘yishganligi, ammo B.O.ning sog‘lig‘i yomonlashib, ichki aʼzolaridagi og‘riqdan shikoyat qilgan bo‘lsa-da, tongda TTYO chaqirib shifoxonaga olib borishganligi aniqlangan.

 

Hozirda holatga oydinlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Shuningdek, yuqoridagi fuqarolardan tushuntirish olish jarayoni to‘liq videoga olingan bo‘lib, videotasvirda tergov organi xodimi tomonidan ruhiy yoki jismoniy tazyiq o‘tkazilganligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, Razzoqov Ziyodullaning videomurojaatdagi vajlarini to‘laqonlik tekshirish maqsadida holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tergov yakuniga ko‘ra qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti