Telefon(71) 233-65-34Du–Sha, 9:00–18:00
Kabinet

Навоий вилоятида сайёр қабуллар давом этмоқда.

Navoiy viloyati4 ta surat
1 / 4

Joriy yilning 10 yanvar kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Navoiy shahar Xalq qabulxonasida shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 9 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi joyida qanoatlantirildi, 3 nafar fuqarolarga murojaatlari yuzasidan xuquqiy tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga qabul jarayonida 4 nafar 16 yoshga to‘lgan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, qabul davomida 2 nafar kam ta'minlangan fuqarolarni yashash xonadoniga borilib moddiy yordam ko‘rsatildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.A.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti