Telefon(71) 233-65-34Du–Sha, 9:00–18:00
Kabinet

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Samarqand viloyati5 ta surat
1 / 5

Tadbirda namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilar ragʻbatlantirildi.

Jumladan, 2 nafar xodimlar Tergov departamentining esdalik qoʻl soati, 4 nafar xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

6 nafar xodimlar Samarqand viloyati IIB boshligʻining tashakkurnomasi bilan, 8 nafar xodimlar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida xizmatda foydalaniladigan zaruriy idora ashyolari bilan taʼminlandi.

 

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati