Telefon(71) 233-65-34Du–Sha, 9:00–18:00
Kabinet

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabulda aholi murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni tizimli hal qilishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Toshkent viloyati8 ta surat
1 / 8

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalardan biri — aholi bilan ochiq va samarali muloqotni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Mazkur yo‘nalishda ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqotni ta’minlash, aholi murojaatlari va ehtiyojlarini atroflicha o‘rganish, kelib tushgan ariza va takliflarni qonunchilik talablari asosida o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida Tergov boshqarmasi va quyi tizim tergov bo‘lim-bo‘linmalari faoliyatiga oid jami 14 ta murojaat qayd etildi. Murojaatlar asosan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv hamda tergov harakatlari bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga oldi.

Kelib tushgan murojaatlarning 5 tasi ijobiy hal etildi. Qolgan 9 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv, sohaviy organlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rish talab etilganligi sababli, ular belgilangan tartibda nazoratga olindi va mas’ul shaxslarga ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti