Telefon(71) 233-65-34Du–Sha, 9:00–18:00
Kabinet

Президент Фармони билан 113 нафар фуқаро афв этилди

Yangiliklar

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev eng aziz umummilliy bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligi eʼlon qilinganining 29 yilligini nishonlash arafasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatning amaliy tasdigʼi sifatida “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʼtayotgan, qilmishiga chin koʼngildan pushaymon boʼlgan va tuzalish yoʼliga qatʼiy oʼtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʼgʼrisida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʼtayotgan hamda qilmishiga chin koʼngildan pushaymon boʼlgan va tuzalish yoʼliga qatʼiy oʼtgan 113 nafar fuqaro afv etildi.

Аfv etilgan shaxslarning 5 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 53 nafari jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 15 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 40 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Аfv etilganlarning 1 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 2 nafarini chet davlat fuqarolari, 105 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bagʼriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʼullanishlari, sogʼlom turmush tarzini yoʼlga qoʼyib, jamiyatda munosib oʼrin topishlari uchun ularga koʼmak berish boʼyicha masʼul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.