Joriy yilning 30 iyun - 2 iyul kunlari Navoiy viloyatining Uchquduq, Tomdi, Karmana, Navbahor, Nurota, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex tumanlari va Navoiy shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshqarma boshligʼi oʼrinbosari Sh.R.Shermatov va boshqa masʼul xodimlar tomonidan 112 nafar fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot oʼtkazilib, 45 ta murojaat qabul qilindi.
Murojaatlarda asosan fuqarolik olish, biometrik pasport rasmiylashtirish, IIOlariga ishga tiklash yoki oʼqishga qabul qilish, yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov harakatlaridan norozilik masalalari koʼtarildi.
Qabul jarayonida muammolarning 20 tasi joyida ijobiy hal etildi, qoʼshimcha oʼrganish talab etiladigan 25 ta murojaatlarni koʼrib chiqilishi nazoratga olindi.
Oʼtkazilgan qabul natijalariga koʼra, bevosita ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʼliq amalga oshirilgan ishlar raqamlarda tahlil qilinganda:
- 4 ta jinoyat ishi nazorat tartibida oʼrganilib, Yozma koʼrsatma asosida qoʼshimcha tergov harakatlarini oʼtkazish uchun ijroga qaratildi;
- 3 nafar Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish boʼyicha hujjatlari rasmiylashtirilib, ularga tantanali ravishda biometrik pasportlar topshirildi;
- 10 nafar yangi biometrik pasport rasmiylashtirib berishni soʼragan fuqarolarga biometrik pasportlar topshirildi;
- 2 nafar fuqarolarni ichki ishlar organlariga xizmatga kirish uchun hujjatlari qabul qilindi;
- 2 nafar ichki ishlar organlariga nomzod sifatida hujjat topshirgan fuqarolar Navoiy viloyati IIBning 02.07.2020 yildagi shaxsiy tarkib boʼyicha 53-sonli buyruqlari bilan IIOlari safiga ishga qabul qilindi;
- 1 nafar fuqaroga nogironlik aravasi berilib, moddiy tomonlama yordam koʼrsatildi;
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti