
Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi rahbari — Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B. Valiyev va Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari R.Ashropov rahbarligida Prezidentning joriy-yil-5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Samarqand viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat prokuraturasida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga…





