Telefon(71) 233-65-34Du–Sha, 9:00–18:00
Kabinet

“Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi o‘tkazildi

Andijon viloyati7 ta surat
1 / 7

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar o‘rtasida “Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda xodimlar  xizmat faoliyatlariga oid hamda maʼnaviy-maʼrifiy, xizmat va jangovar, jismoniy tayyorgarlik yo‘nalishlari, shuningdek IQ (intellektual koeffitsiyent) va individual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlardan o‘tdilar.